Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
WTAning yangilangan reytingida tennischi qizlarimizning o‘rni qanday?
14:58 / 2026-01-05

Xalqaro ayol tennischilar assotsiatsiyasi (WTA) professional tennischilarning 2026 yil hisobidan e’lon qilgan ilk reytingida O‘zbekiston terma jamoasining ikki nafar a’zosi ko‘tarilishga erishdi.

Birinchi raketkamiz Kamilla Rahimova 6 pog‘onaga yuqorilab, 91-o‘rinni band etgan bo‘lsa, o‘tgan yili Brisben turniri vitse-chempionligini qo‘lga kiritgan Polina Kudermetova bu yilgi musobaqada qatnashmagani ortidan 349 ochko yo‘qotdi va 104-o‘rindan 167-qatorga tushib ketdi.

O‘zbekiston terma jamoasiga jalb etilgan Mariya Timofeyeva bu yilgi Brisben turnirining saralashida qatnashgani holatida reytingda 13-o‘rindan joy oldi va mamlakatimizning ikkinchi raqamli tennischi qiziga aylandi.

Qolgan tennischilarimizdan Litvadan mahalliylashtirilgan Layma Vladson 880, Vlada Yakshibarova 1070, Sevil Yuldasheva 1197,  Milana Maslenkova 1276, Nigina Abduraimova 1197, Diana Yakovleva 1477-pog‘onalarda qayd etildi.

Dunyo tennischilarining Top-10ligida hamon belaruslik Arina Sobolenko peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o‘rindan polshalik Iga Svyontek joy olgan. Amerikalik Amanda Anisimova vatandoshi Koko Goff bilan o‘rin almashdi va ayollar reytingining uchinchi pog‘onasini band etdi.

To‘lqin Ro‘ziyev,

O‘zA