French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
WSJ: Trampning hafsalasi pir
14:37 / 2025-05-27

Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Trampning Rossiya Federatsiyasiga sanksiya kiritish to‘g‘risidagi fikri bo‘yicha turli xil qarashlar bor.

– Tramp bu hafta Rossiyaga qarshi sanksiya qo‘llash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqchi, – deb yozgan “The Wall Street Journal” nashri. Turli manbalar bu haqda bir-biriga zid ma’lumot tarqatmoqda. Masalan, “The New York Times” cheklov joriy etilmasligini yozgan. WSJ ma’lumotiga ko‘ra, Rossiya – Ukraina urushi davom etayotgani, tinchlik o‘rnatilishi jarayoni sekin kechayotganidan Trampning hafsalasi pir bo‘lgan. Shuning uchun tez orada RFga qarshi sanksiya qo‘llashni o‘ylayapti.

Manbalar fikricha, cheklov bank tizimiga ta’sir qilishi dargumon. Shuningdek, Prezident Vladimir Putinni muzokara davrasida ko‘rish, jumladan 30 kunlik sulh masalasida yon berishga ko‘ndirish uchun bosimning boshqa yo‘llari muhokama qilinmoqda. WSJ suhbatdoshi taxminiga ko‘ra, Amerika yetakchisi yangi sanksiya tashabbusini to‘xtatishi ham mumkin.

NYT gazetasi sobiq amaldorga asoslanib, Tramp mojarodan uzoqlashishga qaror qilganini ta’kidlagan.