Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
WSJ: Saudiya Arabistoni Boeing samolyotlarining katta partiyasini xarid qilmoqchi
19:41 / 2023-03-13

Saudiya Arabistoni qiymati 35 milliard dollarlik tijorat Boeing samolyotlarini xarid qilish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Samolyotlar yangi tashkil etilayotgan davlatga qarashli aviakompaniya uchun sotib olinmoqda, deb xabar tarqatdi Wall Street Journal nashri.

“Saudiya Arabistoni davlat investitsiya jamg‘armasi tijorat maqsadlarida foydalaniladigan Boeing samolyotlarini xarid qilish bo‘yicha bitimni imzolashga tayyor turibdi”, – deb yozmoqda mazkur nashr ishonchli manbalarga tayanib.  

Xabarda aytilishicha, bitimning qiymati 35 milliard dollarga yetadi va bu haqda hafta oxirida e’lon qilinishi mumkin.  

Biroq ushbu shartnomaga Airbus ham da’vogarlik qilmoqda, shu bois kelishuv so‘nggi daqiqalarda o‘zgarishi ham mumkin, deyilmoqda xabarda.