Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
WSJ: razvedka Baydenga COVID-19 ning kelib chiqishi bo‘yicha ma’ruzani taqdim etdi
11:22 / 2021-08-25

AQSH razvedkasi prezident Jo Baydenga COVID-19ning kelib chiqishiga bag‘ishlangan ma’ruzani taqdim etdi, lekin unda aniq xulosalar yo‘q, deb yozmoqda Washington Post gazetasi ishonchli manbalarga tayanib.

Nashrning yozishicha, hujjat mualliflari “ushbu kasallik hayvondan odamga tabiiy jarayon bilan o‘tganmi yoki Xitoy laboratoriyasidan “qochib”  chiqqanmi”, degan savollarga aniq javob bermagan.

Shu yil may oyida Oq uy “koronavirus ilmiy  laboratoriyadan tashqariga qochib chiqqan”, degan versiyani ilgari surgan edi.

O‘shanda prezident Jo Bayden AQSH razvedka hamjamiyati “ikki versiya atrofida  bir fikrga kelayotgani lekin hali yakuniy xulosaga kelmagani” haqida aytgan edi.

Amerika yetakchisi o‘shanda razvedkadan yakuniy xulosaga kelish uchun axborotlarni to‘plash va tahlil qilishni kuchaytirish hamda tekshiruv natijalarini 90 kun ichida ma’lum qilishni so‘ragandi.

O‘z navbatida Xitoy tashqi ishlar vazirligi AQSHni COVID-19 ning kelib chishi bilan bog‘liq masalani siyosiylashtirishni to‘xtatishga chaqirgan.