Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
World Skills standartlarini joriy etish davom etmoqda
20:02 / 2022-10-10

«Hotel Inspira-S Tashkent» mehmonxonasida O‘zbekiston kasb-hunar ta’limi tizimiga World Skills standartlarini joriy etishga bag‘ishlangan xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarda Janubiy Koreya, Belarus, Qozog‘iston va Ozarbayjondan kelgan xorijiy ekspertlar ishtirok etdi. Ular o‘z mamlakatlarida World Skills standartlarini joriy etish tajribasi bilan o‘rtoqlashdi. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Mehnat bozori tadqiqotlari instituti direktori M.Muhammedovning so‘zlariga ko‘ra, World Skills International — xalqaro notijorat uyushmasi bo‘lib, uning maqsadi butun dunyo bo‘ylab kasbiy tayyorgarlik maqomi va malaka standartlarini oshirish hisoblanadi.

Mehnat bozorining holati – har qanday davlat taraqqiyotining muhim ko‘rsatkichidir. Shu bois kadrlarni tayyorlash masalasiga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratilmoqda. bugungi kunda O‘zbekistonda 339 ta kasb-hunar maktabi, 201 ta kasb-hunar kolleji va 185 ta texnika maktablari (texnikum) faoliyat yuritadi.

- bugungi seminar doirasida 40 kishidan iborat ishchi guruhimiz a’zolarining yakuniy hisobotlari taqdim etildi, - deydi “Muloqot” NNT ijrochi direktori D.Ibrohimov. –Ular manfaatdor vazirlik va idoralar, uyushmalar, kasb-hunar kollejlari, shuningdek, potensial ish beruvchilar vakillari sifatida qatnashmoqda. O‘tgan o‘n ikki oy davomida ishchi guruh a’zolari tomonidan World Skills standartlari asosida yettita kasb bo‘yicha malaka talablari, o‘quv rejalari, ta’lim dasturlari va fan modullarining yangi andozalari ishlab chiqildi. Kasblar mehnat bozoridagi talab ko‘rsatkichlaridan tanlab olindi. Shuning uchun g‘isht terish, quruq qurilish, santexnika, elektr gaz payvandlash, oshpazlik va sartoroshlik ishi kabi o‘qitish yo‘nalishlari tanlangan. Shuningdek, kasbga masofaviy o‘qitish maqsadida ta’lim platformasi yaratildi. Hozirda u test rejimida ishlamoqda.

Tadbir yakunida mahalliy va xorijiy mutaxassislar tomonidan kasb-hunar ta’limini rivojlantirish yuzasidan fikr va mulohazalar almashildi.

Roman BONDARCHUK