Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“World Governments Summit”da Samarqand viloyati vakili qatnashdi
16:34 / 2026-02-06

Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida jahon hukumatlari sammiti (World Governments Summit)da Samarqand viloyati turizm boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Jo‘rabek Suyunov ham ishtirok etib, anjuman qatnashchilariga Samarqandning boy tarixiy-madaniy merosi, turizm salohiyati hamda istiqbolli investitsion loyihalari haqida ma’lumot berdi.

Tadbir doirasida turizmni rivojlantirish, zamonaviy davlat boshqaruvi tajribalarini joriy etish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish va investitsiyalarni jalb etish masalalari yuzasidan qator muhim uchrashuv va muloqotlar o‘tkazildi. Samarqand viloyatining turizm yo‘nalishidagi tashabbuslari va loyihalari xorijiy hamkorlar tomonidan katta qiziqish bilan qarshi olindi.

- Mazkur nufuzli sammitda qatnashish biz uchun xalqaro tajriba almashish, ilg‘or global yondashuvlarni o‘rganish hamda turizm sohasida yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish uchun muhim qadam bo‘ldi, – deydi Jo‘rabek Suyunov. – Sammitdan orttirgan bilim va tajribalarimiz kelgusida viloyatimizda turizmni yanada rivojlantirish, zamonaviy va barqaror loyihalarni amalga oshirishga xizmat qilishiga ishonamiz.

G‘.Hasanov, O‘zA muxbiri