Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"World Games-2025" O‘zbekiston madhiyasi yangradi
12:16 / 2025-08-14

Xitoyning Chendu shahrida davom etayotgan XII Butunjahon sport o‘yinlarining oltinchi kungi musobaqalari sarhisobiga ko‘ra, O‘zbekiston sport delegatsiyasi 1 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medaliga ega chiqqani hisobiga umum jamoada 112 ta davlat orasida 31-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Kecha "World Games-2025" o‘yinlarida 12 ta sport turida musobaqalar tashkil etilgan bo‘lsa, jangovar sambo va kikboksing sport turlarida o‘zbekistonlik sportchilar vatanimiz sharafini himoya qildi.

Shiddatli kechgan bellashuvlar natijasida yurtimiz sambochilari 1 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Sambochilarimizdan -59 kilogrammda Shahzoda Azatova oltin, -65 kilogrammda Feruza Boboqulova kumush va Madina Salohiddinova va Sharif Kushayev o‘z vaznlarida bronza medaliga ega chiqishdi.

O‘yinlarning dastlabki kungi musobaqalarida ushu sport turida Darya Latishevaning kumush medalli bo‘lishi, bugun sambochilarimizning 4 nafari nufuzli musobaqada shohsupaga ko‘tarilganligi yangi O‘zbekistonning yangi g‘alabalari bardavom ekanligining yorqin dalili bo‘ldi.

Bugun, 14 avgust kuni XII Butunjahon sport o‘yinlarining jangovar sambo musobaqalarida 3 nafar, kikboksing musobaqalarida 2 nafar sportchimiz sovrinli o‘rinlarga da’vogarlik yo‘lidagi bellashuvlarda o‘z omadlarini sinovdan o‘tkazadi.

O‘yinlar 17 avgustga qadar davom etadi.

T. Ro‘ziyev, O‘zA