“World Boxing” tashkiloti musobaqalarida charm qo‘lqop ustalarimiz yetakchi
“World Boxing” tashkiloti yil davomida o‘tkazilgan boks musobaqalarida g‘olib bo‘lgan charm qo‘lqop ustalari va ularning qo‘lga kiritgan oltin medallari ro‘yxatini e’lon qildi.
Turli mamlakat bokschilari ishtirok etgan ushbu ro‘yxatda O‘zbekiston terma jamoasining bir qator vakillari ham qayd etildi. Jumladan, musobaqalar davomida Fazliddin Erkinboyev va Javohir Ummataliyev kabi iste’dodli sportchilarimiz uchta oltin medal bilan yilni yetakchi sifatida yakunladi.

Asilbek Jalilov, Akmaljon Isroilov, Jaxongir Zokirov, To‘rabek Habibullayev va Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev esa har biri ikkitadan oltin medal qo‘lga kiritgan holda keyingi o‘rinlarda joylashdi.

Shuningdek, Javohir Abdurahimov, Halimjon Mamasoliyev, Mirazizbek Mirzaxalilov, Samandar Olimov, Abdumalik Xalakov hamda ayollar boksida Navbahor Hamidova yagona oltin medali evaziga “World Boxing” g‘oliblar ro‘yxatidan o‘rin oldi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA