Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“World boxing” reytingi: 6 ta vaznda bokschilarimiz tengsiz
10:26 / 2025-10-28

Boks bo‘yicha turli musobaqalarni tashkil etayotgan “World boxing” o‘zining 10 ta vazn toifasidagi yangilangan reytingini e’lon qildi.

Quvonarlisi, reyting jadvalida erkaklar o‘rtasida terma jamoamiz a’zolari 10 ta vaznning 6 tasida birinchi o‘rinda qayd etilgan bo‘lsa, qolgan 4 ta vaznda qozog‘istonlik bokschilar yetakchi.

Aniqroq aytadigan bo‘lsak, mazkur jadvalda Abdumalik Xalakov (-60 kg), Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev (-65 kg), Fazliddin Erkinboyev (-75 kg), Javohir Ummataliyev (-80 kg), Akmaljon Isroilov (-85 kg) va To‘rabek Habibullayev (-90kg) o‘z vazn toifalarida birinchi pog‘onadan joy oldi.

Shuningdek, 90 kilogrammdan ortiq vaznda Jahongir Zokirov dunyoning ikkinchi raqamli bokschisi sifatida e’tirof etildi. 

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA