Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
World Boxing gender test tizimini joriy etdi
10:27 / 2026-01-03

Joriy yil 1 yanvardan World Boxing tashkiloti tizimida o‘tkaziladigan musobaqalarda ishtirok etadigan erkak va ayol bokschilar uchun gender testdan o‘tish majburiy etib belgilandi.

Aytish lozim, o‘tgan yil 20 avgustdan kuchga kirgan va birinchi marta sentyabr oyida Buyuk Britaniyaning Liverpul shahrida tashkil etilgan jahon chempionatida faqat xotin-qiz bokschilar uchun qo‘llanilgan. Shu sabab unda Fransiya jamoasi musobaqaga qo‘yilmagandi. Sababi fransuzlar tahlil topshirgan laboratoriya uning natijalarini kerakli muddatda tayyorlashga ulgurmagandi.

World Boxing mutasaddilari joriy etilayotgan gender test musobaqalarda qatnashadigan charm qo‘lqop ustalariga teng sharoitlarni ta’minlashga qaratilganini ta’kidlashdi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA