Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"WORLD ATOMIC WEEK": O‘zbekistonda kichik quvvatli atom elektr stansiyasini qurish loyihasi bo‘yicha qanday ishlar amalga oshirilmoqda?
17:15 / 2025-09-25

Bugun Moskva shahrida o‘z ishini boshlagan Jahon atom haftaligi doirasida "Kichik quvvatli atom elektr stansiyalari imkoniyatlari"ga bag‘ishlangan sessiya ishi bo‘lib o‘tdi. Unda ko‘plab davlatlar qatorida O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etdi.

"O‘zatom" agentligi direktori Azim Ahmedxo‘jayev O‘zbekistonda kichik quvvatli atom elektr stansiyasini qurish loyihasi haqida ma’lumot berdi:

– Aslida, bir yil ichida juda ko‘p maydonlar tayyorlandi. Yer ishlari boshlandi, barcha tadqiqot ishlari yakunlandi. Hozirgi paytda biz  kotlovanga o‘tishni rejalashtiryapmiz, chunki Prezidentimiz tomonidan kichik modulli reaktor uchun birinchi beton quyish vazifasi qo‘yilgan edi.

Ayni paytda parallel ravishda tegishli litsenziya beruvchi organlar bilan ish olib borilmoqda. Bu O‘zbekiston hamda Rossiya Federatsiyasi regulyatorlari bo‘lib, tegishli ruxsatnomalar va litsenziyalar olish uchun ishlayapmiz. Shuningdek, MAGATE bilan ham hamkorlik qilinmoqda. Mazkur tashkilot tomonidan doimiy ravishda loyiha jarayonini kuzatib borilmoqda. Bunday jaryon xalqaro talablar va xavfsizlik standartlariga mos kelishini ta’minlaydi. Qolaversa, biz hozir imkoniyatlarni o‘rgandik va asta-sekin  mo‘ljallagan maydonda bu loyihani keng ko‘lamda amalga oshirishga o‘tamiz.

O‘zbekiston uchun bu mavzu ayni paytda juda dolzarb. Biz tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan, mamlakatimizdagi ambitsiyali sanoat-texnologik dasturni hisobga olganda, eng yirik texnologik to‘siqdan o‘tib borish arafasida turibmiz.

Biz faqat texnologik taraqqiyotni amalga oshirish imkoniyatini ko‘ribgina qolmay, balki O‘zbekistonning amalda kichik modulli reaktorlarni joriy etishda ilk tatbiq etuvchiga aylanishini ham ko‘ryapmiz. Shuningdek, biz bundan integratsiya qilingan shaklda, ya’ni katta reaktorlar bilan uyg‘un holda foydalanishni rejalashtiryapmiz. Shu yo‘l bilan biz ulkan kompetensiyalar maktabini yaratamiz.  

Kelgusida O‘zbekiston kadrlar tayyorlash, axborot va tajriba almashish maydoniga aylanishi mumkin.

Umuman olganda, biz mamlakatimiz hududida atom stansiyalarini, kichik modulli atom stansiyalarini rivojlantirishning yaxshi maktabini yarata olamiz. Qolaversa, bu ish katta "yashil" kelajakka xizmat qiladi. Biz bugun KQAESni dekarbonizatsiya dasturimizda muhim imkoniyat sifatida ko‘rib chiqyapmiz va an’anaviy energiya ishlab chiqarish usullaridan, jumladan, ko‘mir stansiyalaridan uzoqlashmoqchimiz.

KQAES bizga respublikaning uzoq hududlarida ham elektr energiyasi ishlab chiqarishni detsentralizatsiya qilish imkoniyatini berishiga ishonamiz.

Albatta, bu mas’uliyatli missiya, biz buni yaxshi tushunamiz. Menimcha, biz loyihamizda yaxshi kooperatsiyani amalga oshira oldik, jumladan, boshqa mamlakatlardan xorijiy mutaxassislarni ham jalb qildik.

Eng avvalo, bizda MAGATE bilan katta hamkorlik dasturi mavjud. Biz bu loyihada xatolarga yo‘l qo‘ymaslik uchun barcha jihatlarni hisobga oldik. Chunki bu kabi loyihalarda xato qilish huquqi yo‘q. Shuning uchun biz katta mas’uliyatni his qilamiz. Biroq bu vazifa amalga oshishi mumkinligini va uni munosib tarzda bajara olishimizni ham tushunyapmiz. Ochig‘ini aytganda, bu butunlay yangi tarmoqni shakllantirish demakdir.

Toshkentda MIFI filiali ochilgan. Bugungi kungacha 166 nafar mutaxassis tayyorladik. Kadrlar tayyorlashga juda mas’uliyat bilan yondashilyapti.

Chunki MIFIning Toshkent filiali mamlakat hududidagi yagona oliygoh bo‘lib, uning bitiruvchilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan ishga taqsimlanadi.  

Ya’ni, hukumat ularga ish joylarini belgilaydi va sohaviy tashkilotlarga yo‘naltiradi. "O‘zatom" va Qurilish direksiyasi, shuningdek, boshqa davlat tashkilotlari ularni qo‘llab-qo‘llaydi. Bundan tashqari, Bosh vazirimiz MIFIning Toshkent filiali kuzatuv kengashi rahbari hisoblanadi.  

Ma’lumki, 1956 yildan buyon Yadro fizikasi instituti faoliyat yuritib kelmoqda. Uning hududida hali ham ishlab turgan tadqiqot reaktori mavjud. U hech qanday muammosiz ishlayapti, izotoplarni katta miqdorda ishlab chiqaradi va unda ko‘plab ishlar olib borilmoqda.

Ahamiyatlisi, shu davr mobaynida biz kichik modulli reaktor mavzusini yaxshi tushunadigan mutaxassislar guruhini tarbiyalay oldik, chunki bizning reaktorimiz 10 megavatt quvvatga ega. Shuningdek, biz "Rosatom" bilan hamkorlikda kecha katta kadrlar tayyorlash sessiyasini o‘tkazdik va unda dastur tasdiqlandi. Bu dastur bizga faqat MIFIda emas, balki O‘zbekistonning boshqa institut va universitetlarida ham kadrlar tayyorlash imkoniyatini yaratadi. Qo‘shimcha ravishda, biz ilg‘or injenerlik maktabini tashkil etamiz. U yerda AESda ishlaydigan, shuningdek, AES qurilishida ishtirok etadigan mutaxassislar tayyorlanadi.

O‘zA muxbiri Nasiba Ziyodullayeva

yozib oldi.

Rossiya, Moskva shahri.