Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“World Ability Sport-2024”da medallarimiz soni 46 taga yetdi
12:19 / 2024-12-06

Tailandda o‘tayotgan “World Ability Sport-2024” yoshlar o‘yinlarining navbatdagi kungi bellashuvlari ortda qoldi.

Musobaqaning ikkinchi kuni delegatsiyamiz a’zolari uchun muvaffaqiyatli o‘tdi. Aniqroq aytadigan bo‘lsak, para yengil atletika va para pauerlifting bahslarida qatnashgan sportchilarimiz jami 39 ta medalga sazovor bo‘ldi. Para yengil atletika bo‘yicha Bunyod Xolmurodov, Muzrobjon G‘aniyev, Doston Qahhorov oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Muzrobjon G‘aniyev va Bekpo‘lat Ollamov bronza medaliga ega chiqdi.

Para pauerlifting bo‘yicha Tursunoy Oraqbayeva, Marjona Toshmuhammatova, Ziyodaxon Boqijonova, Zuhra Yo‘ldosheva, Gulyuz Ne’matullayeva, Tursunoy Tursunboyeva, Sultonposhsha Berdiyeva, Oyshajon Karimberganova, Nurillo Inobiddinov, Elbek Farhodov, Azizbek Perdebayev, Muhammadaziz Abdurashidov, Umidjon Arzimatov, Jasur Yo‘ldoshev delegatsiyamiz hisobiga oltin medal keltirdi.

Shuningdek, Hojakbar Homidov, Firdavs Botirov va Husniddin Usmonjonov kumush medal bilan taqdirlandi. F.Botirovga yana bir yo‘nalishda bronza medal nasib etdi.

Hozirgacha O‘zbekiston delegatsiyasi mazkur musobaqada jami 46 medalni qo‘lga kiritdi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA