Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Wikipedia"da O‘zbekistonga oid ma’lumotlarni oshirish bo‘yicha trening
09:27 / 2022-11-23

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida "Wikipedia" internet-ensiklopediyasida O‘zbekiston haqidagi ma’lumotlar soni va sifatini oshirish yuzasidan trening tashkil etildi.

Unda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi mutasaddilari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik idora, muassasa hamda boshqa davlat tashkilotlarining 70 dan ortiq axborot xizmati rahbarlari qatnashdi.

Ochiq muloqot ruhida o‘tgan tadbir avvalida "Wikipedia" platformasida erkin ma’lumotlar joylashtirish imkonini beradigan "Creative Commons" litsenziyasi va uning ahamiyati bo‘yicha keng ma’lumot berildi.  

"Wikipedia"da O‘zbekiston haqidagi maqolalar ko‘payishi, o‘zbekcha namunadagi axborot boyitilishi muhim ekani, bu borada axborot xizmatlarining virtual makondagi ishtirokini faollashtirish yaxshi natija berishi qayd etildi.  

AOKA xodimi Kanat Abdikarimov hamda loyiha koordinatorlari Mehrinoz Abbosova, Jamshid Nurqulov, Umarjon Rahimov, Laziz Baxtiyorov, Asliddin Yunusov, Muhammadxon Yusupov trening ishtirokchilariga internet-ensiklopediyaga ma’lumot joylashtirish bo‘yicha batafsil tushunchalar berdilar.  

Qatnashchilar taklif va mulohazalar bildirib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.  

 

O‘zA