French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"WikiMarafon"dan yoshlar uchun ajoyib yangilik
13:38 / 2025-09-15

Yoshlar ishlari agentligi tomonidan yangi "WikiMarafon" loyihasi yo‘lga qo‘yildi. Xususan, mazkur loyiha doirasida IDP IELTS tanlovida ishtirok etish orqali IELTS imtihonini bepul topshirish imkonini beruvchi vaucher yutib olish mumkin.

“WikiIELTS” tanlovi o‘zbekcha Vikipediya sifatini oshirish, ingliz tiliga qiziqishi yuqori bo‘lgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan, 6 ta g‘olibni tanlab olib, mutlaqo bepul IELTS   imtihonida ishtirok etish imkoni taqdim etilishi rejalashtirilgan ijtimoiy loyiha hisoblanadi.

Tanlov shartlari juda oddiy bo‘lib, dastlab @WikiTanlov_bot orqali ro‘yxatdan o‘tiladi. Ishtirokchiga berilgan matnni o‘zbek tiliga mahorat bilan tarjima qilib, qayta yuklab qo‘yiladi.

Tanlov 15 sentyabrdan 30 sentyabrgacha davom etib, natijalar 15-oktyabrgacha ma’lum qilinadi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA