Toshkent shahridagi AKFA universitetida to‘rtinchi bor Startup Weekend Tashkent 2022 tadbirlari bo‘lib o‘tdi. Unda 60 nafardan ortiq ishtirokchi 10ta jamoaga bo‘linib, 54 soat ichida o‘z biznes g‘oyalari ustida ishlab, hay’at a’zolariga taqdim etishdi.
Tadbir doirasida yetakchi ekspertlar, biznes-investorlar, IT-mutaxassislari, shuningdek, muvaffaqiyatli startap egalari o‘z tajriba va bilimlari bilan o‘rtoqlashdilar.
Startup Weekend – bu xalqaro tadbir bo‘lib u ishtirokchilarga o‘z startaplarini yo‘lga qo‘yishlari uchun yordam beradi. Bu tadbir dunyoning 67 mamlakatidagi 200 dan ortiq shaharlarda o‘tkaziladi. Startup Weekend “bitiruvchilari” butun dunyodan investorlar tomonidan diqqat bilan kuzatilmoqda va o‘z g‘oyasiga ega tadbirkorlar ushbu platforma orqali investorlarni topadilar.
[gallery-6328]
Ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi yillar давомида Startup Weekenddan o‘tgan loyihalar realizatsiya uchun investorlar tomonidan 30 million dollardan ortiq mablag‘lar to‘langan.
Weekend Tashkent 2022 tadbirlari “Siz atigi 54 soat ichida o‘z startapingizni amalga oshirasiz”, “Spikerlardan bebaho tajriba va bilim olasiz”, “Barqaror biznesga ega bo‘lgan muvaffaqiyatli startaplar bilan tanishasiz”, “Professionallar tomonidan mentorlikka ega bo‘lasiz”, “Biznes yaratish va uni muvaffaqiyatsizlikka olib boruvchi faktorlar haqida bilib olasiz”, “O‘zingizga o‘xshash odamlarni topishingiz va jamoa yaratishingiz mumkin” hamda “Biznes g‘oyalarini rivojlantirishni o‘rganasiz” kabi intensiv g‘oyalarni o‘z ichiga oldi.
Tadbir so‘ngida g‘olib jamoalarga esdalik sovg‘alar topshirildi.
Gulnoza Boboyeva, Almurod Madaminov (surat) O‘zA