Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
WBC prezidenti Toshkentga nima maqsadda kelmoqchi?
10:27 / 2018-10-08

Xabaringiz bor, yaqinda Ukraina poytaxti Kiyev shahrida WBC (Butunjahon Boks Kengashi) doirasidagi 56-yillik Kongressi boʻlib oʻtdi.


Xabaringiz bor, yaqinda Ukraina poytaxti Kiyev shahrida WBC (Butunjahon Boks Kengashi) doirasidagi 56-yillik Kongressi boʻlib oʻtdi. 

Mazkur anjumanda WBC sobiq va amaldagi chempionlari, murabbiylar, promouterlar, menejerlar, tibbiyot xodimlari, hakamlar ishtirok etishdi. Ushbu tadbirda mamlakatimiz nomidan Oʻzbekiston professional boks Federatsiyasi bosh direktori, xalqaro toifadagi hakam Nabijon Ismanov qatnashdi. Shuningdek, u bir qator professional boks olami vakillari bilan uchrashuvlar oʻtkazdi. 

Ushbu Kongressda WBC prezidenti Mauritsio Sulaymon bilan ham suhbat qurishga imkon topgan mamlakatimiz vakili uni yurtimizga taklif qilgan. Oʻz oʻrnida, Mauritsio Sulaymon ham Oʻzbekistonga anchadan buyon borishni rejalashtirganini va SAFPRO (Sagdiyev Abdulloh Fatxullayevich) promousheni faoliyatiga jiddiy qiziqayotganini bildirgan.