Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
WBA yangi reytingida bokschilarimiz peshqadam
16:14 / 2025-04-04

Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) aprel oyi uchun o‘zining yangilangan reytingini e’lon qildi. Quvonarlisi, ushbu jadvaldan 6 nafar o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustalari joy oldi.

Minimal vazn toifasida faoliyat olib borayotgan Hasanboy Do‘smatov 1-o‘rindan joy olgan bo‘lsa, Shahram G‘iyosov yarim o‘rta vaznda eng yuqori pog‘onadan o‘rin oldi. Murodjon Ahmadaliyev esa birinchi yarim yengil vazn toifasida vaqtinchalik chempion deya e’tirof etildi.

Shuningdek, Bektemir Meliqo‘ziyev super o‘rta vaznda 3-o‘rinni egalladi. Otabek Xolmatov yarim yengil vaznda Isroil Madrimov super yarim o‘rta vazn toifasida to‘rtinchi bo‘ldi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA