WBA reytingida Shahram G‘iyosov birinchi bo‘ldi
Butunjahon boks assotsiatsiyasi WBA noyabr oyi yakunlariga ko‘ra, professional bokschilarning yangilangan reytingini e’lon qildi. Undan 7 nafar mamlakatimiz charm qo‘lqop ustalari joy oldi.
Unga ko‘ra, Shahram G‘iyosov yarim o‘rta vazn toifasida 1-o‘rindan joy olgan bo‘lsa, Bektemir Meliqo‘ziyev super o‘rta vazndagi professional bokschilar orasida ikkinchi o‘rinda qayd etildi. Umidli charm qo‘lqop ustalarimizdan Muhammad Shexov birinchi yarim yengil vaznda, Otabek Xolmatov esa yarim yengil vaznda kuchli uchlikni yakunlab berdi.
Shuningdek, WBA yangi reytingida Murodjon Ahmadaliyev birinchi yarim yengil vazn toifasi 4, Isroil Madrimov super yarim o‘rta vaznda 7, Sirojbek Ismoilov yengil vaznning 15-pog‘onasidan o‘rin oldi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA muxbiri