10-mart kuni Way II kompaniyasi tomonidan investorlar uchun yillik 15,3% USD dividendlar to‘lovi amalga oshirildi. Bu natija kompaniyaning barqaror rivojlanayotganini hamda investorlar uchun daromadlilik darajasi yuqori ekanini tasdiqlaydi.
Ishonchlilik va barqarorlik
Way II bir necha investitsiya bosqichlarini muvaffaqiyatli yakunlab, investorlar tomonidan bildirilayotgan yuqori ishonchni yana bir bor namoyon etdi. Har yili kompaniyaga qiziqish ortib bormoqda va bugungi kunga kelib investorlar soni 700 nafardan oshdi.
Bugungi kunga qadar jalb qilingan investitsiyalarning umumiy hajmi 171 083 591 377 сўмнi tashkil etadi.
Dividend daromadliligi ham barqaror o‘sishni ko‘rsatmoqda: avvalgi davr yakunlariga ko‘ra — 13,6%, 2025-yil yakuni bo'yicha 15,3% ga yetdi.
Tasdiqlangan jadval asosida dividendlarning muntazam to‘lanib borilishi kompaniyaning moliyaviy modeli barqarorligini, investor kapitali ishonchli himoya qilinishi va real daromad ta’minlanishini ko‘rsatadi.
Investorlar uchun raqamli yechimlar
Investitsiyalarni boshqarishni yanada qulaylashtirish maqsadida kompaniya Way Invest mobil ilovasini joriy etgan. Ilova orqali investorlar:
- hisoblangan dividendlar miqdori bilan tanishish;
- mablag‘larni milliy valyutadagi debet kartasiga chiqarish;
- olingan dividendlarni qayta investitsiya qilish orqali kapitalni yanada oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Raqamli infratuzilma investitsiyalarni dunyoning istalgan nuqtasidan nazorat qilish, moliyaviy operatsiyalarning shaffofligi va tezkorligini ta’minlaydi.
Kompaniya haqida
Way II yuqori daromadlilikka ega va ishonchli moliyaviy yechimlarni taklif etadi. Buni kompaniya faoliyatining amaliy natijalari tasdiqlab kelmoqda. Kompaniya mamlakatdagi yirik sanoat loyihalaridan biri — Akfa Aluminiumga sarmoya kiritgan investorlar uchun dividendlarni barqaror va o‘z vaqtida to‘lab kelmoqda.
Way II investitsiya paketlari yiliga 10–15% daromadlilikni (AQSH dollari ekvivalenti asosida) nazarda tutadi. Dividendlar yiliga ikki marta to‘lanadi, bu esa investorlar uchun moliyaviy tushumlarning barqaror va oldindan rejalashtirilgan bo‘lishini ta’minlaydi.
Shuningdek, kompaniya faoliyati va mahsulotlari Islomiy moliya tamoyillariga mos keladi. Bu holat Islamic Finance Consulting Board (IFCB) tomonidan tasdiqlangan.
Muhim eslatma
Investitsiyalar yuqori darajadagi xavf bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin va ayrim holatlarda kiritilgan mablag‘larning qisman yoki to‘liq yo‘qotilishi ehtimoli mavjud. Investitsiya qarorini qabul qilishda ehtimoliy risklarni hisobga olish zarur. Hisob-kitoblar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi asosida milliy valyutada amalga oshiriladi.
Telefon: (+998) 78−555−55−55
Manzil: Yashnobod tumani, Maxtumquli ko‘chasi, 2/1
Sayt: waygroup.uz
Ijtimoiy tarmoqlar:
Facebook: fb.com/Way ll Group
Instagram: @way_ll_group
Telegram: t.me/wayllgroup
LinkedIn: linkedin.com/wayllgroup
YouTube: @Way_ll_Group
Twitter: x.com/way_ll_group