Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
WAM va ONA hamkorlik shartnomasini imzoladi
13:28 / 2022-09-30

Hamkorlarimiz sahifalarida

BAA axborot agentligi (WAM) delegatsiyasi O‘mon Sultonligi axborot agentligi (ONA) bilan hamkorlik shartnomasini imzoladi.

Marosim Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayonning O‘monga ikki kunlik davlat tashrifi doirasida tashkil etildi.

Mazkur bitim axborot almashinuvi sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan. Tomonlar arab va ingliz tillarida kundalik yangilik, media-kontent, surat va video lavha almashadi.

Shartnoma “WAM” bosh direktori Muhammad Jalol Ar-Rayssiy va “ONA” bosh direktori - bosh muharriri Ibrohim Al-Azriy tomonidan imzolandi.

Hujjat “WAM”ning xalqaro ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikni mustahkamlash istagiga mos keladi va ikki davlat o‘rtasidagi yakin munosabatdan dalolat.

“WAM”  joriy yil Abu-Dabida bo‘lib o‘tadigan “Jahon media kongressi” oldidan turli ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikning innovatsion modelini yaratishni maqsad qilgan.

Ar-Rayssiy BAA va O‘mon ikki davlat rahbarining qo‘llab-quvvatlashi tufayli o‘zaro munosabatning strategik rivojlanish bosqichidan o‘tayotganini ta’kidladi. Shu bilan birga O‘mon ommaviy axborot vositalarini kongressda qatnashishga chaqirdi.

Al-Azriy, o‘z navbatida, taklifni qabul qilarkan, mazkur xalqaro tadbir o‘z maqsadiga erishishi, global media sektor kelajagini o‘zgartirishga hissa qo‘shishini intiqlik bilan kutayotganini ta’kidladi. BAA va O‘mon umumiy tarix, ijtimoiy, madaniy va jug‘rofiy yaqinlikka, ikki davlat rahbariyatining qo‘llab-quvvatlashiga asoslangan mustahkam strategik munosabatga ega ekaniga to‘xtaldi. “WAM” faol va nufuzli ommaviy axborot vositasi sifatida barqaror rivojlanishga yordam berishini hamda birodarlik, bag‘rikenglik va tinchlik tamoyilini ilgari surishini urg‘uladi.

 

Muharrama Pirmatova, O‘zA