Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Vyetnamda yovvoyi hayvonlar savdosi taqiqlandi
20:13 / 2020-07-24

Vyetnamda yovvoyi jonivorlar, ularning goʻshti savdosi, shuningdek, yovvoyi jonivorlar jasadi va goʻshtini mamlakatga import qilish taqiqlab qoʻyildi.


Vyetnamda yovvoyi jonivorlar, ularning goʻshti savdosi, shuningdek, yovvoyi jonivorlar jasadi va goʻshtini mamlakatga import qilish taqiqlab qoʻyildi.

Payshanba kuni Vyetnam bosh vaziri Nguyen Suan Fuk shu haqdagi direktivani imzoladi, deb maʼlum qildi hukumat internet-portali.

Mazkur hujjat Vyetnam hukumatining yovvoyi hayvonlarning noqonuniy savdosi, yovvoyi jonivorlar goʻshtini isteʼmol qilishga qarshi qatʼiy kurash boshlaganidan dalolat beradi, deyiladi xabarda.

Direktiva Vyetnamning barcha fuqarolariga, jumladan, davlat xizmatchilari, partiya aʼzolari va ularning qarindoshlariga yovvoyi hayvonlarni noqonuniy ov qilish va oʻldirish, ularning savdosi bilan shugʻullanish, yovvoyi hayvonlarning goʻshtini asrash, sotish kabi harakatlarni qatʼiy taqiqlaydi, deb yozadi hukumat portali.

Yovvoyi hayvonlarni noqonuniy ovlashga qarshi kurashayotgan Freeland xalqaro nodavlat tashkiloti Vyetnam hukumatining ushbu qarorini qoʻllab-quvvatladi.

“Jahonda kechayotgan COVID-19 pandemiyasi davrida ushbu qadam yovvoyi hayvonlar savdosiga qarshi keng koʻlamli va qatʼiy qaror boʻldi”, deya baholadi hujjatni Freeland xalqaro tashkiloti.

“Vyetnam COVID-19 va boshqa pandemiyalar yovvoyi hayvonlar va ularning goʻshti bilan savdo qilish tufayli yuz berayotganini rasman tan oldi. Bunday savdolarga chek qoʻyilishi kerak, chunki u xalqaro miqyosda jamiyat salomatligiga xavf soladi”, – dedi tashkilot raisi Stiven Galster.

“Umid qilamizki, boshqa mamlakatlar ham Vyetnamni qoʻllab-quvvatlaydi va yovvoyi hayvonlar hamda ularning goʻshti bilan amalga oshiriladigan tijorat savdolariga uzil-kesil chek qoʻyadi”, – deb qoʻshimcha qildi u.

Maʼlumki, koronavirus infeksiyasi kelib chiqishiga asosiy sabablardan biri qilib Xitoyning Uxan shahrida yovvoyi jonivorlar, xususan, koʻrshapalaklar goʻshtini isteʼmol qilish ham koʻrsatilgan edi.