Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Voyage Prive Group” O‘zbekistonning turizm salohiyatini Yevropa davlatlarida targ‘ib etishga ko‘maklashadi
14:16 / 2024-01-10

“Voyage Prive Group” 2006 yilda tashkil etilgan Yevropaning eng yetakchi hashamatli sayyohlik brendidir.

Mazkur kompaniya onlayn tarzda jahonning yetakchi turoperatorlari bilan o‘zaro shartnomaga ega bo‘lib, Yevropa bozorida Fransiya, Ispaniya, Italiya, Buyuk Britaniya, Belgiya, Shveysariya, Gollandiya, Germaniya va boshqa davlatlar bilan o‘z faoliyatini yuritadi. “Voyage Prive Group” 52 million nafar yevropalik a’zolari va shu jumladan 1,2 million nafar doimiy sayohatchilariga ega.  

Toshkent shahrida Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shadiyev va Yevropaning “Voyage Prive Group” kompaniyasi direktori Charles Gulhamon o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi.  

Uchrashuv doirasida O‘zbekistonning Yevropa davlatlaridagi targ‘ibotini oshirish maqsadida marketing va PR kompaniyasini tashkil etish, jumladan, “road-show” va B2B uchrashuvlar, ko‘rgazmalar, mamlakatimizning sayyohlik salohiyati taqdimotlari, yetakchi media-brendlar bilan hamkorlik qilish hamda Yevropa davlatlarining yetakchi OAV vakillari va blogerlar uchun O‘zbekistonga press-turlar tashkil etish orqali ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston imidjini ilgari surish kabi masalalar muhokama qilindi.  

Shu bilan birga, transport imkoniyatlarini rivojlantirish, Yevropa davlatlaridan O‘zbekistonning turistik shaharlariga parvozlar uchun Yevropa aviatashuvchilarni jalb qilish, shuningdek, Yevropa aviakompaniyalari bilan hamkorlikda reklama kompaniyalarini o‘tkazish masalasi yuzasidan muzokoralar olib borildi.  

Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, tomonlar o‘rtasida “Voyage Prive Group”  kompaniyasi imkoniyatlaridan foydalangan holda, o‘zaro keng qamrovli hamkorlik aloqalarini kuchaytirish, xususan, Yevropalik sayyohlar e’tiborini yanada oshirish maqsadida PR kompaniyalarini tashkil etish va turistlar oqimini O‘zbekistonga yo‘naltirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.  

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA