Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Voyaga yetmaganlar tarbiyasi e’tiborda
17:35 / 2024-07-08

Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuratura organlarining voyaga yetmaganlar haqidagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat yo‘nalishi yuklatilgan xodimlari ishtirokida sohada qonunchilikning aniq va bir xilda bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash borasidagi vazifalar muhokama qilindi.

Muhokama davomida prokuratura organlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar, kelgusidagi rejalar belgilanib, umumta’lim maktablari bilan yangicha ishlash mexanizmlari va yo‘nalishlari bo‘yicha tegishli ko‘rsatma hamda topshiriqlar berildi.  

Shu bilan birga, ota-ona qaramog‘idan ayrilgan va yetim bolalarni uy-joy bilan ta’minlash, qarovsiz va ijtimoiy jihatdan xavfli oilalarda tarbiyalanayotgan bolalar bilan ishlash, ularni tazyiq va zo‘ravonliklardan himoya qilish, vasiy va homiy tayinlash, voyaga yetmaganlar jinoyatchiligini oldini olish borasida nazoratni kuchaytirish lozimligi ta’kidlandi.  

Sohada aniqlangan qonun buzilishi holatlari bo‘yicha prokuror nazoratini o‘rnatib, qonun buzilishi holatlari kelib chiqishiga imkon bergan sabab va shart-sharoitlarni oldini olish, qonunchilikni takomillashtirish, huquqni qo‘llash amaliyotidagi muammolarni bartaraf etish yuzasidan aniq takliflar berilishi belgilandi.  

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri.