English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixolog lavozimlari joriy etiladi
18:43 / 2021-04-05

Prezidentimizning joriy yilning 2 aprelidagi “Ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga binoan, bevosita joylarga chiqqan holda profilaktika inspektorlari tomonidan har bir oila va xonadondagi muhitni, shuningdek, huquqbuzarliklar sodir etilishiga ta’sir etuvchi ijtimoiy, infratuzilma va boshqa muammolarni o‘rganish hamda bartaraf etish bo‘yicha “Xavfsiz xonadon” va “Xavfsiz hovli” tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

2021 yil 1 sentyabrgacha profilaktika inspektorlari vakolatiga kiruvchi ma’muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha ish yurituvi to‘liq elektron shaklga o‘tkaziladi va profilaktika inspektorlarining sud majlislarida “masofaviy” tarzda qatnashish amaliyoti joriy etiladi.

Shuningdek, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida jamoat xavfsizligini ta’minlash ushbu hududlardagi ichki ishlar va boshqa vakolatli organlarning mavjud kuch va vositalarini yagona “poytaxt mintaqasi” tamoyili asosida safarbar qilgan holda hamkorlikda amalga oshiriladi.

Toshkent shahridagi patrul-post xizmati batalonlari Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining bevosita bo‘ysunuvidan chiqarilib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri tuman ichki ishlar organlari tarkibiga o‘tkaziladi va ularning kunlik xizmati mahallalar kesimida yo‘lga qo‘yiladi.

Jamoat tartibini ommaviy buzish bilan bog‘liq holatlar yuzaga kelganda poytaxtdagi barcha ichki ishlar organlari faoliyati, shuningdek, jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha vakolatli davlat organlari va jamoat tuzilmalari kuch va vositalarining yagona tezkor boshqaruvi Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi zimmasiga, umumiy boshqaruvi ichki ishlar vaziri zimmasiga yuklatiladi.

Shunga ko‘ra, Jamoat xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etiladi.

Shuningdek, qaror bilan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi huzurida Yagona tezkor boshqaruv markazi tashkil etildi.

Markaz poytaxt hududida kriminogen va ijtimoiy vaziyatni uzluksiz monitoring qiladi.

Qaror bilan Mahalla huquq-tartibot maskani to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Qarorga muvofiq, 2021 yil 1 iyuldan shaxslarni profilaktik hisobga olishning elektron tizimi joriy etiladi.

“Xavfsiz ta’lim muassasasi” tamoyili asosida tuman, shahar ichki ishlar organlari tarkibida 2 000 ta shtat birligidan iborat voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixolog lavozimlari joriy etiladi hamda ular bevosita umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida xizmat o‘taydi.

O‘zA