French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Vosiljon Nazarov Farg‘ona shahar hokimi etib tayinlandi
13:57 / 2022-01-24

Xalq deputatlari Farg‘ona shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Vosiljon Nazarov Farg‘ona shahar hokimi etib tayinlandi.

 Vosiljon Nazarov 1984 yil Buvayda tumanida tug‘ilgan. Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. 2006 yildan moliya tizimida mehnat qilib keladi. 2019-2021 yil viloyat moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlagan. O‘tgan yil fevral oyida Bag‘dod tumani hokimi etib tayinlangan edi. Farg‘ona shahar hokimi lavozimida ishlab kelgan Mirzohid Ubaydullayev Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining o‘rinbosari –Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktori etib tayinlandi.  


M. Sulaymonov, 
M. Qodirov (surat), O‘zA