Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Volontyorlik faoliyatiga majburlashga yo‘l qo‘yilmaydi
17:43 / 2022-02-25

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida “Volontyorlik faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda qizg‘in muhokama qilindi.

— Mazkur qonun loyihasi Prezidentimizning 2021 yil 4 martdagi “2021 –2025 yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoni bilan tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”ning 27-bandiga asosan ishlab chiqilgan, — dedi Yoshlar ishlari agentligi direktori o‘rinbosari Dilnoza Kattaxonova. — Qonun loyihasi “Volontyorlik faoliyati to‘g‘risida”gi qonunga “korporativ volontyor”, “korporativ volontyorlik” va “korporativ volontyorlikka jalb qiladigan ish beruvchi” tushunchalarini asosiy tushunchalar etib belgilashni nazarda tutadi.

Shu bilan birga, volontyorlik faoliyatini amalga oshirishga majburlashga yo‘l qo‘yilmasligi, korporativ volontyorlikni volontyorlik faoliyatining shakllaridan biri sifatida belgilash nazarda tutilmoqda. Volontyorlik faoliyati tashkilotchisi bilan birga ish beruvchining huquq va majburiyatlarini o‘rnatish, ish beruvchi tomonidan korporativ volontyorini rag‘batlantirish shakllarini kiritish ko‘zda tutilayapti.  
 
Qonun loyihasi konseptual jihatdan birinchi o‘qishda qabul qilindi.  

Muhtarama Komilova, O‘zA