Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Volontyorlik faoliyati qo‘llab-quvvatlanadi
09:38 / 2022-10-25

Yurtimizda keyingi yillarda volontyorlik faoliyatini rivojlantirish, fuqarolarning ijtimoiy tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, birdamlik va o‘zaro yordam berish ko‘nikmalarini kuchaytirishning mustahkam huquqiy asosi yaratildi. Shuning bilan birga, ijtimoiy vazifalarni hal etishda volontyorlarga ko‘maklashish, ularning xizmatini e’tirof etish hamda rag‘batlantirish mexanizmlarini takomillashtirish taqozo etilmoqda.

Shu bois “Volontyorlik faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga volontyorlik faoliyati sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi ishlab chiqildi.  

Loyiha Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining yig‘ilishida ikkinchi o‘qishda muhokama qilindi.  

Fraksiya a’zolari mazkur qonun loyihasi partiya elektorati manfaatlariga xizmat qilishini, volontyorlik ehtiyojmand kishilarga qiyin vaziyatlarda tezkor yordam berishga qaratilganini  ta’kidladi.  

–Loyihada volontyorlik faoliyati sohasidagi vakolatlarining xususiyati hamda qonunchilik texnikasini hisobga olgan holda, Yoshlar ishlari agentligini maxsus vakolatli organ sifatida belgilash taklif etilmoqda, – deydi deputat M.Hasanova. –Shuningdek, davlat boshqaruvi organlarining volontyorlik faoliyati sohasidagi vakolatlarini belgilovchi hamda barcha sohalarda volontyorlikni qo‘llab-quvvatlashning va unga ko‘maklashishning huquqiy asoslarini mustahkamlovchi yangi norma kiritilmoqda.  

Mazkur qonun loyihasi volontyorlik faoliyatini tashkiliy-huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, volontyorlik sohasini rivojlantirish borasida davlat boshqaruvi organlarining vakolatlarini tizimlashtirishni ta’minlaydi. Shuningdek, ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalar qamrovini kengaytirishga xizmat qiladi.  

Deputatlar uni yanada takomillashtirish maqsadida o‘z taklif va tavsiyalarini berdi va loyihani ma’qulladi. 

 

M.Komilova,  

O‘zA