Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Volontyor yoshlarning navbatdagi saxovati
16:59 / 2023-08-09

Yoshlar ishlari agentligi tomonidan poytaxtimizdagi bir guruh volontyor yoshlar ishtirokida “Taskin” xospisida davolanayotgan bolajonlar uchun xayriya tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumki, “Taskin” xospisi – mamlakatimizdagi bedavo dardga chalingan va o‘ta og‘ir bemorlar hamda ularning yaqinlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yagona davolash maskani hisoblanadi.    

Xospis ayni damda 20 nafar bemorga mo‘ljallangan bo‘lib, bemor bola va uning oila a’zolariga ijtimoiy-psixologik madad beradi.  

Bolalar xospisi xodimlar jamoasi Isroil elchixonasining MASHAV tashkiloti va “Yezgu amal” jamoat fondi tomonidan uyushtirilgan maxsus treningdan o‘tgan professional xodimlardan tuzilgan.  

Xospisda tashkil etilgan xayriya tadbiri davomida volontyor yoshlar bilan bir safda yurtimizning taniqli estrada xonandalari va blogerlar ham ishtirok etdi.    

Volontyorlar tomonidan tashkil etilgan ushbu xayriya tadbirlari respublikamizning barcha hududlarida o‘tkazilishi belgilangan.  

Gulnoza Boboyeva, O‘zA