“Volkswagen Caddy” – zamonaviy tez tibbiy yordam mashinasi chegaradosh hudud aholisi xizmatida
Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yanada yaxshilash va ularga tezkor yordam ko‘rsatish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi bilan Tojikiston Respublikasi o‘rtasida joylashgan Sirdaryo viloyatining Xovos tumanidagi chegaradosh hudud, "Yettiguzar", "Karvonsaroy", "Xovosobod" yashash punktlari aholisiga xizmat ko‘rsatuvchi "Karvonsaroy" tez tibbiy yordam shoxobchasiga yangi Volkswagen Caddy rusumli, zamonaviy tez tibbiy yordam mashinasi berildi.
– Bu tez tibbiy yordam shoxobchasida ishlayotgan xodimlar ishini bir muncha yengillashtiribgina qolmay, ularga tezkor xizmat ko‘rsatish imkonini beradi, – deydi tuman tibbiyot birlashmasi bosh shifokori Maqsatulla Narzullayev. Bundan aholi xursand. Ular endi ushbu avtoulov orqali, tez tibbiy yordam xizmati xodimlaridan tibbiy yordamni o‘z vaqtida olib, bemor bo‘lgan yaqinlarini bir manzildan ikkinchi manzilga tez va qulay transport vositasida olib borish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
O‘zA