Voleybolchilarimiz harbiylar o‘rtasida jahon chempionati sovrindori bo‘ldi
Eronda voleybol bo‘yicha harbiylar o‘rtasida o‘tkazilgan 38-jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Jahon chempionatida 6 ta terma jamoa 2 ta guruhga bo‘lingan holda bahs olib bordi. O‘zbekiston terma jamoasi “B “guruhida Qozog‘iston va Ozarbayjon bilan kuch sinashdi.

O‘tkazilgan o‘yinlar sarhisobiga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi 3-o‘rin uchun kurashish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Hamyurtlarimiz bronza medali yo‘lida Ozarbayjon vakillari bilan bahslashdi va 3:0 hisobida raqiblarini dog‘da qoldirdi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA