French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Voleybolchilarimiz eronlik tengdoshlariga imkoniyatni boy berdi
08:04 / 2025-06-17

FOTOREPORTAJ

Poytaxtimizdagi «JAR» sport-sog‘lomlashtirish majmuasida 16 va 19 yoshlilar o‘rtasidagi voleybol bo‘yicha xalqaro musobaqaning final o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. 

Musobaqada Eron, Hindiston, Qozog‘iston,  Qirg‘iz Respublikasi hamda O‘zbekistondan 2 ta jamoa ishtirok etdi.

19 yoshlilar o‘rtasidagi final bahsida “O‘zbekiston-1” jamoasi eronlik voleybolchilarga qarshi maydonga tushdi. Ilk partiyadayoq eronliklar hisobda oldinga chiqib olishdi. Birinchi partiyani 25-13 hisobida yakunlagan hamyurtlarimiz keyingi partiyada tashabbusni qo‘lga olishlari kerak edi. Ammo bunday bo‘lmadi. 26:24 hisobida mag‘lub bo‘lgan yigitlarga ozgina omad yetishmadi.

[gallery-23924]

Uchinchi partiyada ham voleybolchilarimiz qancha harakat qilishmasin, hisob eronliklar tomonga o‘tib ketaverdi: 25:21. Shunday qilib, 3:0 hisobida mag‘lub bo‘lgan voleybolchilarimiz kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Muhammad AMIN (surat), O‘zA