Voleybolchilar yangi ramzga ega bo‘ldi
O‘zbekiston voleybol federatsiyasi yangi ramzga ega bo‘lganini keng jamoatchilikka e’lon qildi.
G‘urur, kuch va g‘alabaga chanqoqlik mujassam, deya ta’rif berilgan yangi voleybol ramzi O‘zbekiston voleybolining maydondagi shijoati, xalqimizning matonati va bayrog‘imizdagi orzu-umidlarning timsoli sifatida talqin etildi.
Bu, nafaqat obraz, balki milliy g‘urur, cheksiz ishonch va yuksak maqsadlar ramzi ekani ta’kidlandi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA