Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Voleybolchi yigit-qizlar bellashdi
20:39 / 2022-06-13

D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkent shahridagi filialida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi voleybol musobaqasining Toshkent shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqaning birinchi kun o‘yinlari 16-21 yosh toifasidagi yigit-qizlar o‘rtasida o‘tkazildi. Yakuniy jarayonlarga ko‘ra, yigitlar jamoalaridan 1-o‘rinni Uchtepa tumanining “Shirin” jamoasi, 2-o‘rinni Mirobod tumanining “Abdurauf Fitrat mahallasi” jamoasi, 3-o‘rinni Yakkasaroy tumanining “Bobur mahallasi” jamoasi egalladi.

Qizlardan iborat jamoalar o‘rtasida esa 1-o‘rinni Mirobod tumanining “Abdurauf Fitrat mahallasi qizlari” jamoasi, 2-o‘rinni Chilonzor tumanining “Katta Olmazor mahallasi” jamoasi, 3-o‘rinni Olmazor tumanining “Jiydali mahallasi” jamoasi egalladi.

Musobaqaning ikkinchi kun o‘yinlari 22-26 yosh toifasi bo‘yicha yigit-qizlar jamoalari bilan o‘tkaziladi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA