Surxondaryo viloyatidagi Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida “Yangi O‘zbekiston olimpiya cho‘qqilari” sport musobaqalari doirasida sportning voleybol turi bo‘yicha talabalarning “Rektor kubogi” bellashuvi bo‘lib o‘tdi.
Yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilib, talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan musobaqada oliy ta’lim muassasasi fakultetlarining o‘g‘il va qiz talabalar terma jamoalari o‘zaro bellashdi.



Qiziqarli va murosasiz bahslarning o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi musobaqasida pedagogika fakulteti voleybolchi talabalari birinchi, tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti ikkinchi, aniq va tabiiy fanlar fakulteti jamoasi uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Qizlar o‘rtasidagi bellashuvda faxrli birinchi o‘rin filologiya fakulteti jamoasiga nasib etdi. Aniq va tabiiy fanlar fakulteti ikkinchi, pedagogika fakulteti talabalari uchinchi o‘rinni egalladi.

G‘oliblar kubok, diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA muxbiri