Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Voleybolchi qizlarimiz Maldiv turnirida qatnashmoqda
17:49 / 2026-02-09

Maldivda voleybol bo‘yicha ayollar jamoalari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “CAVA-2025” turnirida Eron, Shri-Lanka, Nepal, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Maldiv kabi davlatlarning 7 ta jamoasi “A” va “B” guruhlarida g‘oliblik uchun kurash olib bormoqda.

Turnirning “B” guruhidan joy olgan O‘zbekistonning “Humo” jamoasi o‘tkazilgan ikkita uchrashuvda ham imkoniyatni boy berdi.

Dastlabki kungi bahslarda Nepalning “NPC”jamoasi bilan kechgan 1 soat, 53 daqiqalik kurashda hamyurtlarimiz 1:3 hisobida raqiblariga mag‘lub bo‘ldi.

Uchrashuv har jihatdan shiddatli kechdi. Birinchi set 30:28 ko‘rinishida nepalliklar foydasiga hal bo‘ldi. 2-setda “Humo” jamoasi 25:21 ko‘rinishida raqiblarini dog‘da qoldirdi. 3 va 4-setlardagi noaniq harakatlar tufayli O‘zbekiston voleybol jamoasi 25:21 va 25:23  hisobida nepalliklarga yutuqni taqdim etdi.

Kecha “CAVA-2025” turnirining yarim final ostonasida voleybolchi qizlarimiz Eronning “Fulad Mobarak Sepaxan” jamoasi bilan ro‘baro‘ keldi. Bir kun muqaddam o‘tgan murakkab uchrashuvdagi ruhiy zo‘riqish o‘z so‘zini aytdi. Osiyoning eng kuchli jamoalaridan biri “Fulad Mobarak Sepaxan” bilan to‘qnashuvda 3:0 (25-11, 25-11, 25-11) hisobi qayd etildi.

Bugun, 9 fevral kuni yarim final o‘yinlari o‘tkazilsa, hamyurtlarimiz ertaga, 10 fevral kuni xalqaro turnirning so‘nggi kungi bahsida 5-7-o‘rinlar uchun maydonga chiqadi.

Turnir davomida o‘zbekistonlik voleybolchilardan Malikaxon Tursunpo‘latova, Zeboxon Absamatova, Dilnoza Boymirzayeva uchrashuvlarning eng yaxshisi, deya e’tirof etildi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur musobaqa joriy yil 6-14 iyun kunlari Filippinning Chandon shahrida ayollar jamoalari o‘rtasida o‘tkaziladigan “AVC Women’s Cup-2026” musobaqasiga tayyorgarlikning muhim bosqichi sanaladi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA