Voleybolchi qizlarimiz III Turkiy davlatlar universiada o‘yinlari g‘olibi
Qirg‘izistonning Cho‘lpon-ota shahrida talabalar o‘rtasida o‘tkazilayotgan III Turkiy davlatlar universiada o‘yinlarining voleybol musobaqalari yakunlandi.
Qiziqarli kechgan uchrashuvlarda voleybolchi qizlarimiz muvaffaqiyatga erishdi.
Hamyurtlarimiz saralash o‘yinlarida ustunlikka erishib, finalda Qozog‘iston qizlar terma jamoasi bilan ro‘baro‘ keldi.

Shiddatli kechgan uchrashuvda O‘zbekiston ayollar jamoasi qozog‘istonlik voleybolchi qizlarni 3:1 hisobida mag‘lub etib, III Turkiy davlatlar universiada o‘yinlarining oltin medallarini qo‘lga kiritdi.
III Turkiy davlatlar universiada o‘yinlarida mamlakatimiz sportchilari shaxmat, stol tennisi, erkin va yunon-rum kurashi hamda futzal musobaqalarida qatnashmoqda.

Erkaklar musobaqasida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari kumush medallarga musharraf bo‘ldi.
Musobaqalar 9 sentyabrga qadar davom etadi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA