English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Voleybolchi qizlarimiz finalda!
12:21 / 2023-07-18

FOTOREPORTAJ

Poytaxtimizdagi “JAR” sport-sog‘lomlashtirish majmuida o‘g‘il va qiz  bolalar o‘rtasida o‘tkazilayotgan Markaziy Osiyo chempionati bahslari  nihoyasiga yetay, deb qoldi.  

Bugun chempionat ishtirokchilari dam olishadi. Fursatdan foydalanib, mehmonlar poytaxtning diqqatga sazovor joylari bilan tanishishi rejalashtirilgan.

[gallery-12810]

 Kecha yigitlarimiz Eron jamoasiga qarshi o‘ynadi. Keskin va murosasiz kechgan bahs 3:1 hisobida eronliklar foydasiga hal bo‘ldi. Ertaga Eron va Pokiston jamoalari finalda, g‘oliblik uchun maydonga tushadilar. Voleybolchi yigitlarimiz esa 3-o‘rin bilan kifoyalanishdi.

Qizlar o‘rtasida kechayotgan bahslarda mamlakatimiz voleybolchi qizlari – «O‘zbekiston-1» jamoasi qozog‘istonlik tengdoshlari bilan finalda uchrashadilar.

19 iyul kuni final bahslari hamda g‘olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi o‘tkaziladi.

Azimxon BOYXO‘JAEV (surat),O‘zA