Voleybol: Zominda qizlar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi bo‘lib o‘tmoqda
13 iyundan boshlab Jizzax viloyati Zomin tumanida voleybol bo‘yicha 2007-2008 yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi bahslariga start berildi.
Zominda tashkil etilgan musobaqaga Toshkent shahri hamda Navoiy viloyatidan tashqari mamlakatimizning barcha hududlaridan jamoalar yetib kelishdi.

Qur’a natijasida jamoalar 4ta guruhga taqsimlanishdi:
«A» guruhi: Namangan viloyati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo viloyati,
«B» guruhi: Andijon viloyati, Jizzax viloyati, Buxoro viloyati,
«S» guruhi: Farg‘ona viloyati, Sirdaryo viloyati, Surxondaryo viloyati,
«D» guruhi: Samarqand viloyati, Xorazm viloyati, Toshkent viloyati.
Musobaqa 18 iyunga qadar davom etadi.
Qizlar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi doirasida yoshlarimiz uchun milliy terma jamoa a’zolari ishtirokida master-klass ham o‘tkazildi. Unda tajribali sportchilarimiz o‘z bilim va ko‘nikmalarini yoshlar bilan o‘rtoqlashdi.

