Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Voleybol: XXXIV spartakiada o‘yinlari davom etmoqda
15:27 / 2025-02-05

Poytaxtimizdagi ”JAR” sport-sog‘lomlashtirish majmuasida “Dinamo“ jismoniy tarbiya-sport jamiyatining huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari o‘rtasida o‘tayotgan XXXIV spartakiadasi dasturidan o‘rin olgan voleybol musobaqalarining ikki kunlik o‘yinlari ortda qoldi.

15 ta jamoa ishtirok etayotgan bahslarda jamoalar 3 ta guruhga bo‘lingan holda bahslashmoqda. Spartakiada o‘yinlarining saralash musobaqalari 8 fevralga qadar davom etadi. Shundan so‘ng 10-17 fevral kunlari jamoalarning o‘z guruhlarida joylashuvidan kelib chiqib, 1-6-o‘rinlar, 7-9-o‘rinlar, 10-12 o‘rinlar va 13-15-o‘rinlar uchun bahslar bo‘lib o‘tadi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA