Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Voleybol va shaxmat bo‘yicha «Rektor kubogi» musobaqasi o‘tkazildi
13:20 / 2021-06-18

Mamlakatimizda yoshlarning har tomonlama sog‘lom va barkamol avlod bo‘lib ulg‘ayishi, bu borada ayniqsa, ularning bo‘sh vaqtlarini maqsadli tashkil etish, muntazam sport bilan shug‘ullanishi uchun zarur sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Prezidentimizning 2021 yil 20 apreldagi «Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va bandligiga ko‘maklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni bu boradagi ishlar rivojida muhim huquqiy asos vazifasini o‘tamoqda.

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida mazkur farmon ijrosi doirasida hududda joylashgan mahalla yoshlari o‘rtasida sportning voleybol va shaxmat turi bo‘yicha «Rektor kubogi» musobaqasi o‘tkazildi.

Voleybol bo‘yicha «To‘qimachi», «Belariq» va «Oltin vodiy» mahalla fuqarolar yig‘inlari yoshlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan bellashuvda 1-o‘rinni «To‘qimachi», 2-o‘rinni «Belariq», 3-o‘rinni «Oltin vodiy» mahalla fuqarolar yig‘ini yoshlari egalladi.

Aql gimnastikasi bahslarida esa 1-o‘ringa Meros mahallasidan Samad Sanginov sazovor bo‘ldi. 2-o‘rinni Shoxjahon mahallasidan Ibrohim Shakarov qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 3-o‘rin yana bir mahalladoshi Saidakbar Suvonovga nasib etdi.

«Rektor kubogi» musobaqasi g‘olib va sovrindorlari institutning maxsus diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

O‘zA