Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Voleybol: U16 jamoalari o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga qur’a tashlandi
11:24 / 2025-05-26

Filippinning Manila shahrida Osiyo voleybol konfederatsiyasi yig‘ilishida joriy yilning 12-19 iyul kunlari U16 o‘g‘il bolalar o‘rtasida Taylandning Nakhon Phanom shahrida va 20-27 iyul kunlari U16 qiz bolalar o‘rtasida Iordaniya poytaxti Amman shahrida o‘tadigan qit’a chempionatiga qur’a tashlash marosimi tashkil etildi.

Onlayn tarzda o‘tkazilgan yig‘ilish davomida musobaqalarning texnik va taktik jihatlariga oid ko‘plab masalalar muhokama qilindi.  

Qur’a natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston o‘g‘il bolalar terma jamoasi “C” guruhidan, qiz bolalar jamoasi esa “A” guruhidan joy egalladi.  

Mazkur chempionatlarda sovrinli o‘rinlarni egallagan jamoalar 2026 yilgi jahon chempionati yo‘llanmalarini qo‘lga kiritadi.  

T.Ro‘ziyev, O‘zA