French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Voleybol: Toshkentda o‘tadigan qit’a chempionatiga tayyorgarlik muhokama qilindi
12:36 / 2023-04-14

Toshkentda Osiyo voleybol konfederatsiyasi (AVC) musobaqalarni tashkil qilish va nazorat qilish komissiyasi direktori Eom Xo Ju hamda AVC Ijroiya qo‘mitasi a’zosi Yermek Sirlibayev bilan O‘zbekiston voleybol federatsiyasi mutasaddilarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda joriy yilning 20-30 iyul kunlari poytaxtimizda voleybol bo‘yicha U-16 yosh toifasida o‘tkaziladigan qit’a birinchiligiga tayyorgarlik ishlari muhokama qilindi.  

Muhokamalar jarayonida O‘zbekiston voleybol federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Bekmurod Abdullayev chempionat oldi tadbirlari, amalga oshirilgan ishlar ko‘lami, musobaqalarni yuqori saviyada o‘tkazish yuzasidan zarur vazifalar hal etilganini ta’kidladi.  

Aytib o‘tilganidek, musobaqalar “Yunusobod” sport majmuasi hamda “Universal” sport saroyida tashkil etilishi belgilangan.  

Poytaxtimiz mezbonligida kechadigan Osiyo chempionatida O‘zbekiston, Qozog‘iston, Gonkong, Bahrayn, Hindiston, Tailand, Avstraliya, Saudiya Arabistoni, Eron, Yaponiya, Xitoy, Quvayt, Pokiston, Mo‘g‘uliston, Xitoy Taypeyi terma jamoalari ishtirok etadi.  

Fikr-mulohazalarga, takliflarga boy muloqot jarayonida mehmonlar qit’a chempionatiga tayyorgarlik ishlarini yuqori baholadi. Bahslar o‘tkaziladigan sport ob’ektlari ko‘zdan kechirilganligi, xorijlik mehmonlar, terma jamoalar va boshqa rasmiylar uchun ajratilgan mehmonxonalar, mashg‘ulot maydonlaridagi shart-sharoitlar xalqaro andozalarga javob berishini e’tirof etdi.  

T.Ro‘ziyev, O‘zA