Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Voleybol sport turlari yanada rivojlantiriladi (+video)
17:56 / 2025-05-22

Davlatimiz rahbarining 2024 yil iyul oyida imzolagan “Voleybol sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mamlakatimizda ushbu sportni yanada ommalashtirish, iqtidorli sportchilarni saralash tizimini yaxshilashda, zamonaviy infratuzilmani yaratishda, milliy terma jamoalarimizni xalqaro musobaqalarda yuqori natijalarni qo‘lga kiritishlarida muhim hujjat bo‘ldi. Qaror qabul qilinganidan buyon O‘zbekiston Voleybol Federatsiyasi tomonidan qilingan ishlar, galdagi vazifalar yuzasidan jurnalistlar uchun matbuot anjumani tashkil etildi.

Ta’kidlanganidek, milliy terma jamoalarimizni joriy yilda voleybol bo‘yicha muhim xalqaro musobaqalar kutib turibdi. Jumladan, iyun oyida Toshkentda ilk bor probatsiya nazoratidagi yoshlar o‘rtasida “Ichki ishlar vazirligi kubogi”, 29 maydan - 4 iyungacha Farg‘ona shahrida Markaziy Osiyoning Voleybol assotsiatsiyaga (CAVA) a’zo davlatlarning “Millatlar ligasi” va Toshkentda 10-16 iyun kunlari ushbu tashkilotning (CAVA) U16 va U19 yoshlilar o‘rtasida xalqaro musobaqalar bo‘lib o‘tadi. 

Matbuot anjumanida ushbu nufuzli xalqaro musobaqalar oldidan voleybol jamoalarining tayyorgarligi, infratuzilma, sportchilarni kutib olish, joylashtirish va yoshlarni saralash bilan bog‘liq ko‘rilgan tashkiliy jarayonlar bo‘yicha ma’lumotlar berildi. 

Anjumanda jurnalistlar tomonidan berilgan savollarga O‘zbekiston Voleybol Federatsiyasi mutasaddilari tomonidan batafsil javob qaytarildi. 

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/rnDOfHeAiHs" title="Voleybol sport turlari yanada rivojlantiriladi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Sanjar Toshpo‘latov, Abror Sodiqov, Anvar Ahmedov, O‘zA