Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Voleybol: Samarqandliklar kubok sohibi bo‘ldi
09:09 / 2022-10-03

Xabar berganimizdek, Samarqand viloyatining Toyloq tumanida voleybol bo‘yicha 2010 yil va undan kichik yillarda tug‘ilgan o‘g‘il hamda qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan O‘zbekiston kubogi musobaqasi yakunlandi.

Bir hafta davom etgan bahslarda o‘g‘il bolalarning 11 ta jamoasi, qiz bolalarning esa 9 ta jamoasi guruhlarga bo‘lingan holda mamlakat kubogi uchun kurash olib borishdi.

Qizg‘in kechgan o‘yinlar natijasida o‘g‘il bolalar o‘rtasida O‘zbekiston kubogini Samarqand viloyati vakillari qo‘lga kiritdi.

Sovrinli o‘rinlar esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Toshkent viloyati jamoalariga nasib etdi.

Qizlar o‘rtasidagi bahslarda ham samarqandlik barchinoylar peshqadamlikka erishdi. Keyingi pog‘onalar Namangan va Jizzax jamoalariga tegishli bo‘ldi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA