Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Voleybol: O‘zbekiston Markaziy Osiyo chempionatida 2-o‘rinni egalladi
10:17 / 2025-10-06

Poytaxtimizdagi “Olimpiya shaharchasi” kundan-kunga ko‘plab turnirlar, chempionatlar, o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari markaziga aylanib bormoqda.

Kuni kecha mazkur zamonaviy sport shaharchasining voleybol maydonida ayollar jamoalari o‘rtasida Markaziy Osiyo voleybol assotsiatsiyasi (CAVA) tomonidan tashkil etilgan chempionat mintaqa sportchilari, mutaxassis va murabbiylar, hakamlar, texnik tizim vakillariga katta zavqu-shavqni tortiq etdi.

Zarur infratuzilmalar bilan ta’minlangan majmua, xalqaro talablarga javob beradigan maydon, barcha qulayliklarga ega shinam texnik xonalar Markaziy Osiyo chempionatining professional o‘tishini ta’minladi.

Musobaqalar yakunida faol ishtirok etgan jamoalar, eng yaxshi o‘yinchilar hamda hakamlar maxsus sertifikat va sovrinlar bilan taqdirlandi.

Taqdirlash marosimida chempionatda 1-o‘rinni egallagan Eron, 2-o‘rin sohibi O‘zbekiston va 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan Qirg‘iziston terma jamoasi a’zolariga diplom, medal va esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

T.Ro‘ziyev,

O‘zA