Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Voleybol: O‘zbekiston kubogi bahslari boshlandi
11:41 / 2025-12-02

Bugun, 2 dekabr kuni poytaxtimizdagi “Jar” sport-sog‘lomlashtirish markazida, shuningdek Sergeli, Qorasuv va Yakkasaroy tumanlarida joylashgan voleybol maydonlarida U-21 yosh toifasidagi qizlar va o‘g‘il bolalar jamoalari o‘rtasida O‘zbekiston kubogi musobaqalari boshlandi.

Erkaklar jamoalari o‘rtasidagi bahslarda 24 ta jamoa 4 guruhdagi saralash musobaqalariga, 15 ta qizlar voleybol jamoalari ham 4 guruhda g‘oliblik uchun kurashga kirishdi.

Kecha mamlakat kubogi oldidan tashkil etilgan texnik qo‘mita yig‘ilishida barcha tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston kubogi bahslari 8 dekabrga qadar davom etadi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA