Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Voleybol: Oʻzbekiston chempionatida peshqadam oʻzgardi
09:58 / 2019-02-01

24 yanvar kuni Buxoro shahrida start olgan voleybol boʻyicha erkaklar oʻrtasidagi Oʻzbekiston XXVII milliy chempionatining 2-tur bahslari yakunlandi.


24 yanvar kuni Buxoro shahrida start olgan voleybol boʻyicha erkaklar oʻrtasidagi Oʻzbekiston XXVII milliy chempionatining 2-tur bahslari yakunlandi.

Bir hafta davom etgan uchrashuvlar oʻta keskin va murosasiz kurashlar ostida oʻtdi. Ahamiyatli jihati, 2-turdan keyin peshqadam oʻzgardi. Agar yodingizda boʻlsa 1-turdan soʻng Toshkentning “Oriyent” jamoasi yetakchilik qilayotgandi. Ammo Buxorodagi bahslar yakuniga koʻra Olmaliqning AGMK jamoasi ularni quvib oʻtishga muvaffaq boʻldi.

Eʼtiborga molik voqea sifatida 2-turda “Milliy gvardiya” jamoasi voleybolchilari chiroyli va gʻalabali oʻyinlari bilan oʻz muxlislarini xushnud etganini taʼkidlash kerak. Natijada ular 17 ochko bilan 3-oʻringa koʻtarilib olishdi.

2-turdan keyin turnir jadvali quyidagicha koʻrinish olgan:

1) AGMK (Olmaliq) – 33
2) “Oriyent” (Toshkent) – 32
3) “Milliy gvardiya” (Toshkent) – 17
4) “Yoshlik” (Fargʻona) – 16
5) “Soʻgʻdiyona” (Navoiy) – 15
6) “Buxoro” (Buxoro) – 8
7) QDPI (Qoʻqon) – 5.