Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Voleybol: Chorak finalda faqat Fransiya, Turkiya va Dominikan Respublikasi «ortiqcha»
14:48 / 2021-08-03

Tokio-2020

Olimpiadada sport o‘yinlaridan voleybolga qiziqish har doim ham yuqori bo‘lgan. Ushbu sport turi Yozgi Olimpiadada o‘yinlari qatoridan 1964 yilgi mavsumda joy olgan. Aynan Tokioda tashkil etilgan Olimpiadaning erkaklar bahsida maydon egalari faxrli uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, ayollar o‘rtasida yaponlarning o‘zlari oltin medalni begona qilishmagandi.

14 ta Olimpiadaning erkaklar o‘rtasida eng ko‘p bosh sovrin sobiq Ittifoq va uning davomchisi bo‘lgan Rossiya termasiga nasib etgan – 4 marotaba. AQSH va Braziliya termalari esa uch marotabadan shohsupadan joy olgan. Sobiq Ittifoq termasi 1964 va 1968 yilgi, AQSH termasi esa 1984-1988 yilgi olimpiadalarda ketma-ket chempion bo‘lishgan. Ayollar o‘rtasida oltin medalni qo‘lga kiritish bo‘yicha ham Rossiya (va sobiq Ittifoq) yetakchi – 4 marta bosh sovrin sohibi. Xitoy va Kuba termalari uch martadan, Yaponiya va Braziliya ikki martadan birinchi bo‘lishgan. Sobiq Ittifoq (1968-1972), Braziliya (2008-2012) termalari ham ketma-ket ikki martadan bosh sovrinni qo‘lga kiritgan. Keta-ket eng ko‘p bayram qilgan terma bu Kuba mamlakatidir. Kubaliklar 1992, 1996 va 2000 yilgi mavsumlarda oltin medalni birovga bermagan.

Bu galgi olimpiadaning chorak finaliga yo‘llanma olgan termalarning deyarli barchasi shu sohaning doimiy sovrindorlari hisoblanishadi – kimdir qaysi yillardagi olimpiadaning yo oltin, yo kumush, hech bo‘lmasa bronza medallariga sazovor bo‘lgan. Faqat Fransiya termasi biron marta ham sovringa ega bo‘lmagan. Ayollar bahsida ham shu gap. Bunda faqat Turkiya va Dominikan termalari shu paytgacha Olimpiadaning sovrinlaridan bahramand bo‘lmagan.

Bu yilgi Olimpiadaning voleybol sport turida 12 ta jamoa ikki guruhda bahs olib bordi. Guruhlarda birinchi-to‘rtinchi o‘rinni egallagan sakkiz jamoa chorak finalga yo‘llanma oldi. Chorak final o‘yinlari bugun o‘tkaziladi.

Guruhlarda qayd etilgan natijalar:

ERKAKLAR

A guruhi

Italiya – Kanada – 3:2

Yaponiya – Venesuela – 3:0

Polsha – Eron – 2:3

Eron – Venesuela – 3:0

Polsha – Italiya – 3:0

Yaponiya – Kanada -3:1

Kanada – Eron – 3:0

Polsha – Venesuela – 3:1

Yaponiya – Italiya – 1:3

Kanada – Venesuela – 3:0

Yaponiya – Polsha – 0:3

Italiya – Eron – 3:1

Polsha – Kanada – 3:0

Italiya – Venesuela – 3:0

Yaponiya – Eron – 3:2

V guruhi

Braziliya – Tunis – 3:0

Rossiya – Argentina – 3:1

AQSH – Fransiya – 3:0

AQSH – Rossiya – 1:3

Fransiya – Tunis – 3:0

Braziliya – Argentina – 3:2

AQSH – Tunis – 3:1

Argentina – Fransiya – 3:2

Braziliya – Rossiya – 0:3

Braziliya – AQSH – 3:1

Argentina – Tunis – 3:2

Rossiya – Fransiya – 1:3

Braziliya – Fransiya – 3:2

Rossiya – Tunis – 3:0

AQSH – Argentina – 0:3

Chorak final. 3 avgust.

Kanada – Rossiya

Yaponiya – Braziliya

Italiya – Argentina

Polsha – Fransiya

Yarim final. 5 avgust

3-o‘rin uchun va Final. 7 avgust.

AYOLLAR

A guruhi

Serbiya – Dominikan Respublikasi - 3:0

Yaponiya – Keniya - 3:0

Braziliya –J.Koreya - 3:0

Yaponiya – Serbiya - 0:3

Braziliya – Dominikan Respublikasi - 3:2

J.Koreya – Keniya - 3:0

J.Koreya – Dominikan Respublikasi - 3:2

Serbiya – Keniya - 3:0

Yaponiya – Braziliya - 0:3

Dominikan Respublikasi – Keniya - 3:0

Serbiya – Braziliya - 1:3

Yaponiya – J.Koreya - 2:3

Serbiya – J.Koreya - 3:0

Yaponiya – Dominikan Respublikasi - 1:3

Braziliya – Keniya - 3:0

V guruhi

Rossiya – Italiya – 0:3

AQSH – Argentina - 3:0

Xitoy – Turkiya - 0:3

Rossiya – Argentina - 3:0

Xitoy – AQSH - 0:3

Italiya – Turkiya - 3:1

Italiya – Argentina - 3:0

Xitoy – Rossiya - 2:3

AQSH – Turkiya - 3:2

AQSH – Rossiya - 0:3

Argentina – Turkiya - 0:3

Xitoy – Italiya - 3:0

AQSH – Italiya - 3:2

Rossiya – Turkiya - 2:3

Xitoy – Argentina - 3:0

Chorak final. 4 avgust

J.Koreya – Turkiya

Dominikan Respublikasi – AQSH

Serbiya – Italiya

Braziliya – Rossiya

Yarim final. 6 avgust.

3-o‘rin uchun va Final. 8 avgust.

Oybek YUNUSOV, O‘zA