Voleybol: chempionat bahslari qizg‘in davom etmoqda
Bugun, 24 fevral kuni poytaxtimizdagi “Jar” sport-sog‘lomlashtirish majmuasi hamda Toshkent transport universiteti voleybol maydonida erkaklar jamoalari o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatining to‘rtinchi kungi bahslarida 8 ta juftlik o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.
Unda Mudofaa – Road Patrul, Milliy Gvardiya – O‘zFinPI (Samarqand), Qashqadaryo (IIB) – Matonat, U18 (Yangi Toshkent) – O‘ztelekom, U19-BuxDU (Buxoro) jamoalari uchrashuvlari “Jar”da o‘tkazilsa, OKMK – Parvoz (Namangan), Humo (IIV) – QarDu Lochin, So‘g‘diyona (Navoiy) – Xorazm bahslari Toshkent transport universitetida tashkil etiladi.
Kecha quyidagi natijalar qayd etildi:
Semurg‘ (IIV QQ) – Qashqadaryo (IIB)-2:3
Matonat – Milliy Gvardiya-3:0
Road Patrul – FarDU (Farg‘ona)-3:0
TerDU (Surxondaryo) – U18 (Yangi Toshkent)-0:3
O‘ztelekom – Humo(IIV)-3:0
O‘zbekiston chempionati musobaqalari 26 fevralga qadar davom etadi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA