FOTOREPORTAJ
Poytaxtimizda voleybol bo‘yicha 19 yoshgacha bo‘lgan yigitlar o‘rtasida jahon chempionati start oldi. Biroz avval «Yunusobod» sport majmuasida yurtimizda ilk bor o‘tkazilayotgan ushbu musobaqaning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Xalqaro voleybol federatsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar va Sport vazirliklari, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi va mamlakat voleybol federatsiyasi rahbariyati ishtirok etdi.
[gallery-24466]
Marosimda so‘z olgan rasmiylar mamlakatimizda jamoaviy sport turlari rivojiga katta e’tibor qaratilayotgani, buning natijasida voleybol yoshlarimizning sevimli sport turiga aylanib borayotgani haqida ta’kidladi. O‘z o‘rnida, xorijlik mehmonlar yurtimiz bunday nufuzdagi musobaqani yuqori saviyada tashkil eta olayotgani, infratuzilmaning yuqori ekaniga alohida urg‘u berdi.
Ochilish marosimidan so‘ng, O‘zbekiston-Turkiya jamoalari maydonda to‘qnash keldi. Keskin va murosasiz o‘tgan uchrashuvda vakillarimiz mehmonlarga hech qanday imkoniyat qoldirmadi: O‘zbekiston-Turkiya 3:0.
Ertaga voleybolchilarimiz pokistonlik tengdoshlariga qarshi maydonga tushadi.
Muhammad AMIN (surat), O‘zA